Yengil sanoat mahsulotlarining sifati va eksport imkoniyatlari.

Bosh sahifa / Xabarlar / Yengil sanoat mahsulotlarining sifati va eksport imkoniyatlari.

   Аyni damda Oʼzbekiston milliy matbuot markazida “O`zbek-Turk Test Markazi” qoʼshma korxonasining “Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan yengil sanoat mahsulotlarining sifati va eksport imkoniyatlari” mavzusida matbuot anjumani oʼz ishini boshladi.

    Tadbirda “O`zbek-Turk Test Markazi” qoʼshma korxonasi hamda uning mahsulotlarni va sifatni boshqarish tizimlarini sertifikatlashtirish idoralari toʼgʼrisida maʼlumotlar berilmoqda.

    Ushbu markaz TURKAK Yevropa tashkiloti akkreditatsiya-EA ga, xalqaro akkreditatsiya forumi-IAF va akkreditatsiya laboratoriyalari nazorati inspektsiya tashkiloti idoralari-ILAC, hamda oʼzaro bitim va hamkorlik MLA-ga aʼzodir.

   Bu esa “O'zbek-Turk Test Markazi” MChJ QK ning sinov laboratoriyasi majmuasining mustaqilligi va xolisligini taʼminlab, rasmiylashtirilayotgan sinov bayonomalari natijalari nafaqat ichki bozorlarda balki jahon bozorlarida tan olinishi imkonini bermoqda.

     Matbuot anjumani davomida jurnalistlarga soha yuzasidan shu kabi maʼlumotlar berilmoqda.

қўшилган сана: 13-04-2023