Sifatni boshqarish tizimlarini sertifikatlashtirish

Bosh sahifa / Bizning xizmat / Sifatni boshqarish tizimlarini sertifikatlashtirish

 

ISO standartiga moslik bo‘yicha sertifikatlashtirish

ISO standarti haqida

 1987 yilda Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) sifat menejmenti tizimini sertifikatlashtirish bo‘yicha me’yorlarni ishlab chiqqan. Dunyo mamlakatlarining aksariyatida milliy standartlar ISO talablariga asoslanadi, jumladan O‘zbekistonda ham. Bizning mamlakatimizda bu standartlar O‘zDSt deb nomlanadi va ularning amal qilishi faqat O‘zbekiston Respublikasi hududida tatbiq etiladi. Sifat menejmenti tizimini sertifikatlashtirish (SMT) tashkilotlarda O‘zDSt ISO 9001:2015 (ISO 9001:2015) standarti talablariga muvofiqlikni tasdiqlash uchun qo‘llaniladi.

ISO standartiga muvofiqlik sertifikati nima?

   Sifat menejmenti tizimini sertifikatlashtirish — bu tashkilot tomonidan joriy etilgan sifat menejmenti tizimining samaradorligi va standart talablariga mosligini tasdiqlovchi jarayondir. ISO 9001:2015 standarti bo‘yicha sertifikatlashtirish ishlab chiqarish barqarorligini namoyon etadi. Bu kompaniya xalqaro standartlarda belgilangan talablarni qat’iy bajarishini va ularga rioya etayotganini tasdiqlaydi.

Nima uchun ISO standartiga muvofiqlik sertifikati olish kerak?

    Tashkilotingizning sifat menejmenti tizimi O‘zDSt ISO 9001:2015 (ISO 9001:2015) standarti talablariga mosligini tasdiqlab, siz quyidagilarga erishasiz: -sifatni ta’minlash va mijoz ehtiyojini qondirish tamoyillariga sadoqatingizni rasmiy isbotlaysiz; -bu ishonchni mijozlar va hamkorlar oldida amaliy dalil sifatida namoyon etasiz.

Sifat menejmenti tizimini sertifikatlashtirishning afzalliklari ISO standartiga muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lish imkonini beradi:

boshqaruv tizimini samarali va tuzilmali tashkil etish;

mahsulot va xizmat sifati darajasini oshirish;

mahsulot savdosini ko‘paytirish;

ishlab chiqarishdagi yo‘qotishlar, nuqsonlar va vaqtni tejash orqali xarajatlarni kamaytirish;

mahsulotni jahon bozori narxlarida sotish imkoniyatiga ega bo‘lish;

kompaniyaning imidjini mahalliy va xorijiy investorlar hamda hamkorlar oldida oshirish;

bozorda raqobatbardoshlik imkoniyatlarini kengaytirish;

imtiyozli kreditlar olish imkoniyatini yaratish;

jamoatchilik oldida barqaror va zamonaviy korxona sifatida namoyon bo‘lish;

davlat buyurtmalari va tenderlarda ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritish.

ISO standarti bo‘yicha sertifikatlashtirish bosqichlari

Sertifikatlashtirish jarayoni bir tayyorgarlik va ikki asosiy bosqichdan iborat:

    Tayyorgarlik baholashi (1-bosqich) – tashkilotdagi mavjud SMT hujjatlarini tahlil qilish va baholash. Sertifikatlashtirish organi tashkilotning tayyorlik darajasini baholaydi.

    Sifat tizimini tahlil qilish (2-bosqich) – ekspertiza, ichki audit va hujjatlar asosida SMT samaradorligi tekshiriladi.

    Inspeksion audit (3-bosqich) – sertifikat berilgandan so‘ng har yili amalga oshiriladigan tekshiruv bo‘lib, SMTning doimiy muvofiqligi nazorat qilinadi.

Audit natijalari bo‘yicha hisobot tuziladi va komissiya qaror qabul qiladi:

— sertifikat berish;

— yoki kamchiliklar aniqlansa, rad etish va tavsiyalar berish.

    Sertifikat 3 yil muddatga beriladi va keyinchalik uzaytiriladi. Agar kichik kamchiliklar bo‘lsa, ular keyingi inspeksion auditda bartaraf etiladi.

ISO 9001 standarti bo‘yicha sertifikatlashtirish uchun zarur hujjatlar

Tashkilotning amaliy manzili, telefon raqami, e-mail, bank rekvizitlari.

Tashkilot muhri va rahbar imzosi bilan tasdiqlangan quyidagi nusxalar:

Ustav;

Soliq hisobiga qo‘yilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma (INN);

Davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma (OGRN);

Yuridik shaxslar davlat reyestridan ko‘chirma (EGRUL);

Davlat statistika qo‘mitasidan OKED kodlari haqidagi axborot xati;

Faoliyat turlari bo‘yicha amal qiluvchi litsenziyalar (agar mavjud bo‘lsa).

Tashkilotning tuzilma sxemasi.

Bo‘limlar ro‘yxati va ularning vazifalari.

Hodimlarning malaka tarkibi.

Ariza (belgilangan shaklda).

Sifat bo‘yicha rahbarlik qo‘llanmasi va 6 ta majburiy protsedura:

hujjatlarni boshqarish,

sifat yozuvlarini boshqarish,

ichki audit,

nomuvofiq mahsulotni boshqarish,

tuzatish choralari,

oldini olish choralari.

Qo‘shimcha ma’lumot

Bepul dastlabki maslahatni quyidagi raqam orqali olishingiz mumkin:

+998 (71) 250-82-99 yoki e-mail orqali: info@uzttm.uz.