To‘qimachilik sohasi vakillari uchun LABTUR — ochiq eshiklar kuni tashkil etiladi
✅Mazkur to‘qimachilik va yengil sanoat sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar, ishlab chiqaruvchilar hamda soha mutaxassislari uchun maxsus labtur Texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi hamkorligida “O‘zbek-Turk Test Markazi” qo‘shma korxonasi bazasida tashkil etildi.
✅Tadbirning asosiy maqsadi tadbirkorlar bilan ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish hamda mavjud imkoniyatlar bo‘yicha atroflicha ma’lumot berishdan iborat.

✅Tadbir doirasida ishtirokchilar korxonaning to‘qimachilik va yengil sanoat mahsulotlarini xalqaro va milliy talablar asosida sinovdan o‘tkazishga ixtisoslashgan zamonaviy laboratoriyasi faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
✅ Shuningdek, laboratoriyada amalga oshirilayotgan sinov jarayonlari, texnik imkoniyatlar, mahsulot sifati va xavfsizligini baholashda qo‘llanilayotgan zamonaviy usullar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
.jpg)
✅Tadbir davomida to‘qimachilik va yengil sanoat mahsulotlarini sinovdan o‘tkazish, eksportbop mahsulotlar sifatini ta’minlashda laboratoriya sinovlarining ahamiyati, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-noyabrdagi 729-son qaroriga muvofiq ajratilayotgan subsidiyalar mazmun-mohiyati, subsidiyalardan foydalanish tartibi hamda ariza topshirish va mablag‘larni olish mexanizmlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.


