Moliyalashtirish manbalari haqida ma'lumot

Bosh sahifa / Biz haqimizda / Moliyalashtirish manbalari haqida ma'lumot

Moliyalashtirish manbalari haqida ma'lumot

"O'zbek-Turk Test Markazi" MChJ QK (keying o‘rinlarda Jamiyat deb ataladi) o‘z faoliyatini o‘zini-o‘zi moliyalashtirish asosida, mahsulotlarni sertifikatlashtirish yoki sinov o‘tkazishga talabgorlar bilan shartnoma asosida amalga oshiradi. Muvofiqlikni baholash ishlarining narhnomasi direktor buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.

 Quyidagi pullik xizmatlar Jamiyatning daromad manbalari hisoblanadi:
 
  • arizani tahlil qilish,
  • namuna tanlash,
  • identifikatsiya qilish,
  • ishlab-chiqarish sharoitini tekshirish (3. 4. sxema),
  • inspeksiya nazoratini o‘tkazish (3. 4. sxema),
  • muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish,
  • sinov o‘tkazish va sinov bayonnomasini rasmiylashtirish.
  • Jamiyatning faoliyatini moliyalashtirish manbalari ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar hisoblanadi.

  • Jamiyat olingan mablag‘lardan quyidagi asosiy xarajatlar yo‘nalishlari bo‘yicha foydalanadi:
  • xodimlarning ish haqi;
  • jalb qilinadigan malakali xodimlar, shu jumladan xorijiy trenerlar hamda ekspertlar xizmatlari uchun haq to‘lash;
  • Jamiyat xodimlarini tashqi treninglar, konferensiyalar va o‘quv seminarlarida o‘qitish xarajatlari;
  • halqaro talablarga muvofiq bo‘lgan o‘lchash va sinash vositalarini hamda reaktivlarni harid qilish;
  • meyoriy hujjatlar va sinov metodlarini harid qilish hamda tegishli hujjatlarni tarjimasi uchun to‘lovlar;
  • “O‘zbekiston akkreditatsiya markazi” DUKga akkreditatsiya sohasida ko‘rsatilgan pullik xizmatlar tushumdan 5 foiz miqdorida ajratma toʻlash;
  • Jamiyat tomonidan seminarlar va konferensiyalar tashkil etish xarajatlari va qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa harajatlar.