Bizning faoliyat
Hurmatli mijozlar va hamkorlar!
Sertifikatlashtirish tizimini zamon talablariga mos ravishda yanada takomillashtirish, tadbirkorlik faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratish, shuningdek, xalqaro me’yor va talablarga muvofiqlikni ta’minlash maqsadida "O'zbekiston texnik jihatdan tartibga solish" agentligi va Turkiya standartlar instituti (TSE) hamkorligida zamon talablariga javob beradigan yangi o‘zbek-turk qo‘shma korxonasi – “O‘zbek-Turk Test Markazi” MChJ qo‘shma korxonasi tashkil etildi.
Qo‘shma korxona O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2003 yil 7 avgust kuni ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, o‘z faoliyatini mas’uliyati cheklangan jamiyat sifatida amalga oshirib kelmoqda.
Ko‘p yillik samarali faoliyati davomida “O‘zbek-Turk Test Markazi” MChJ qo‘shma korxonasi o‘zini ishonchli va mas’uliyatli hamkor sifatida namoyon etdi.
Biz doimo yangi yo‘nalishlarni rivojlantirib boramiz, zarur moddiy-texnik baza va malakali xodimlarga egamiz — bundan maqsad mijozlarimiz talablariga to‘liq javob beruvchi xizmat ko‘rsatishdir.
Korxonamiz quyidagi yo‘nalishlarda to‘liq xizmatlar majmuasini taqdim etadi:
-mahsulotlarni sertifikatlashtirish;
-menejment tizimlarini sertifikatlashtirish;
-mahsulotlarni akkreditatsiya sohasiga muvofiq sinovdan o‘tkazish.
Malakali mutaxassislarimiz barcha yo‘nalishlar bo‘yicha kasbiy maslahat beradilar, zarur hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirishda yordam ko‘rsatadilar va eng maqbul sertifikatlashtirish sxemasini tanlashda ko‘maklashadilar.
“O‘zbek-Turk Test Markazi” MChJ ichki va xalqaro bozorlarda katta tajribaga ega. Biz mijozlarimizning ishonchi va hamkorlarimizning qo‘llab-quvvatlashini yuksak qadrlaymiz. Bu bizga uzoq muddatli hamkorlikni saqlab qolish va faoliyatimizni doimo takomillashtirish imkonini beradi.
Sizning ishonchingizni yuksak qadrlaymiz va siz bilan samarali hamkorlik davom etishiga ishonamiz!
"O'zbek-Turk test Markazi"MCHJ QK Bosh direktori
Xamzayev Muzaffarxon Amirovich.
Sizni qiziqtirgan ma'lumotlarni (maslahat) +0 (371)250-82-99 telefon raqami yoki
info@uzttm.uz elektron pochta orqali olishingiz mumkin:


