Yangi tahrirdagi ISO 9001:2015 standarti bo‘yicha sifat sertifikati taqdim etildi

Bosh sahifa / Xabarlar / Yangi tahrirdagi ISO 9001:2015 standarti bo‘yicha sifat sertifikati taqdim etildi

   Joriy yilning 20 dekabr  kuni MCHJ “O'zbek-Turk Test Markazi” QK qoshidagi Sifatni boshqarish tizimlarini sertifikatlashtirish idorasi tomonidan СП “FEMILE MEATS” korxonasiga yangi tahrirdagi ISO  9001:2015 standarti bo'yicha halqaro sifat menejment tizimi sertifikati topshirildi.

   Ushbu standartning joriy etilishi shu korxonada xalqaro darajadagi sifatli boshqaruv tizimi yo‘lga qo‘yilganligini anglatadi.

   Ma'lumot uchun: ISO 9001:2015 xalqaro standarti ISO (International Organization for Standartization) – Xalqaro Standartlashtirish Tashkilotining standartlari majmuasi hisoblanadi.

   Ushbu standart joriy etilishining asosiy maqsadi – xatolar va nuqsonlarni kamaytirish, yo‘q qilish va oldini olishdan iboratdir. Standart tashkilotda amalga oshirilayotgan vazifalarning nafaqat sifatini, balki sifatli boshqaruv tizimini ham ifodalaydi.

   Bugungi kunda 170 dan ortiq mamlakatlarning milliondan ortiq kompaniya va tashkilotlarida ISO 9001:2015 xalqaro standarti joriy qilingan. Ushbu standart tashkilot faoliyatida samarali boshqaruv, har bir jarayonga sifatli yondashuv va doimiy takomillashib borish kabi sifat menejmentining bir qator tamoyillariga asoslanadi.

қўшилган сана: 20-12-2024