TURKAK xalqaro eksperti tomonidan navbatdagi inspeksiya nazorati o‘tkazildi
Joriy yilning 28-29 iyul kunlari O'zbek-Turk Test Markazi" qo‘shma korxonasining Sifatni boshqarish tizimlarini sertifikatlashtirish idorasida, halqaro akkreditasiya forumining a'zosi (IAF) xisoblangan Turkiya akkreditasiya organining (TURKAK) xalqaro eksperti tomonidan navbatdagi inspeksiya nazorati o‘tkazildi.
Tasdiqlangan dasturga muvofiq sifat menejmenti tizimining sertifikatlashtirish idorasidagi menejment tizimi, hodimlarning layoqatliligi, hujjatlar bilan ta'minlanganligi, akkreditasiya soxasiga muvofiq sertifikatlashtirish idorasining hodimlari tomonidan amalga oshirilgan ish jarayonlari kuzatib borildi.
Jumladan, Qo‘shma korxona tomonidan ISO 9001 standartiga muvofiq rasmiylashtirilgan “Oliy ma'lumotli mutaxassislarni tayyorlash” Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining standart talabiga muvofiq olib borilgan ishlarni baholash maqsadida (TURKAK) ayditori Esin Esra Özbek tomonidan inspeksiya jarayonlarida ishtiroki buning yaqqol misolidir.
Audit jarayonida sertifikatlashtirish idorasini faoliyatini baholash maqsadida, idora tomonidan berilgan sertifikatlarning hujjatlar to'plami o'rganildi. Shuningdek, muvofiqlikni baholashni joylarga chiqib o'rganish natijasida, sifat tizimlarini boshqarish sertifikatlashtirish idorasining sifat mezonlari ISО/IEC 17021 “Muvofiqlikni baholash. Boshqarish tizimlarini sertifikatlashtirish va audit o'tkazuvchi idoralarga qo'yilgan talablar” standartiga muvofiq ekanligi aniqlandi va audit dalolatnomalari rasmiylashtirildi.