Turk Standartlari Instituti bilan istiqbolli loyihalar muhokama qilindi

Bosh sahifa / Xabarlar / Turk Standartlari Instituti bilan istiqbolli loyihalar muhokama qilindi


✅ O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Turk Standartlari Instituti (TSE) vakili Kurshat Yilmaz bilan muzokaralar o‘tkazdi.

✅ Uchrashuv davomida ikki va ko‘p tomonlama formatlarda hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. O‘zbekiston – Turkiya o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlari jadal sur’atlarda rivojlanib borayotgani qayd etildi.

✅ Xususan, Turk Standartlari Instituti (TSE) bilan savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish, standartlashtirish va muvofiqlikni baholash yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish istiqbollari atroflicha ko‘rib chiqildi.

✅ Shuningdek, agentlik va TSE o‘rtasidagi faol muloqot hamda tajriba almashinuvi yuqori baholandi. Raqamlashtirish, bozor nazorati va standartlashtirish sohalarida amaliy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani alohida ta’kidlandi.

✅ Muzokaralar davomida savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish, mutaxassislar bilim va malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlash yo‘nalishida katta imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.

✅ Yakun qismida Turk Standartlari Instituti (TSE) tomonidan agentlik vakillari joriy yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlarning standartlashtirish sohasidagi hamkorlik yig‘ilishida ishtirok etishga taklif etildi.

қўшилган сана: 07-04-2026