“O'zto'qimachiliksanoat” uyushmasining texnik qo'mitasi bilan yig'ilish bo'lib o'tdi

Bosh sahifa / Xabarlar / “O'zto'qimachiliksanoat” uyushmasining texnik qo'mitasi bilan yig'ilish bo'lib o'tdi

     “O'zto'qimachiliksanoat” uyushmasi sifat infratuzilmasining holatini yanada yaxshilash yuzasidan “O`zbek Turk Test Markazi” qo'shma korxonasida hamkorlikda amaliy choralar ko'rildi. Jumladan; O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 dekabrdagi “2017-2019 yillarda to'qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to'g'risida”gi PQ-2687-sonli Qaroriga asosan 10 ta standart xalqaro standartlar bilan uyg'unlashtirish belgilangan va shu kunga qadar 4 ta standart qabul qilindi.

    O'zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 14 dekabrdagi “To'qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari” to'g'risidagi PF-5285-sonli farmoniga asosan, “O'zto'qimachiliksanoat” uyushmasining texnik qo'mitasi bilan xamkorlikda to'qimachilik mahsulotlarining sinov metodlariga oid 36 xalqaro standartlar ko'rib chiqildi va qabul qilish yuzasidan “O'zstandart” agentligiga murojaat xati yuborildi. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligiga “Yengil sanoat mahsulotlarini xavfsizligi to'g'risida”gi umumiy texnik reglamentda belgilangan to'qimachilik va trikotaj materiallaridan va ulardan ishlab chiqarilgan engil sanoat mahsulotlarida zararli kimyoviy moddalarning chegaraviy yo'l qo'yilgan me'yorlari bo'yicha to'liq sinovlarni o'tkazish imkoniyati mavjudligi yuzasidan murojaat xati yuborildi.

  “O'zstandart” agentligi, “O'zto'qima-chiliksanoat” uyushmasi va FI Hohеnstеin (Germaniyaning Hohenshtayn tadqiqot instituti) hamkorlikda  OЕKO-TЕX tizimini joriy qilish bo'yicha yo'l haritasi ishlab chiqishga kelishib olindi.

    Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirish, ichki va tashqi bozordlarda maxsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish, ichki bozorni havfsiz va sifatli maxsulotlar bilan ta'minlash masalalarida faol xamkorlik bo'yicha ishlarni davom ettirish maxsadga muvofiq ekanligini ta'kidlab o'tildi.

қўшилган сана: 18-05-2018