Oʻz DSt ISO/IEC 17065:2015 standartiga koʻra davriy baholash jarayonidan lavhalar
“Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi” DUK mutaxassislari MCHJ "O'zbek-Test Martkazi" qo'shma korxonasi qoshidagi Mahsulotlarni sertifikatlashtirish idorasi faoliyatini akkreditatsiya talablari va shartlariga muvofiq holda yuritilayotganligini baholash maqsadida davriy baholash ishlarini olib bormoqdalar.
Ushbu jarayon Oʻz DSt ISO/IEC 17065:2015 "Mahsulotlar, jarayonlar va xizmatlarni sertifikatlash organlariga qoʻyiladigan talablar" standartiga koʻra amalga oshirilmoqda.
Baholash jarayonining hozirgi bosqichida mahsulotlarni sertifikatlashtirish organi tomonidan rasmiylashtirilgan hujjatlar jamlanmasida barcha hujjatlarning toʻgʻri hamda toʻliq ekanligi va qonun osti hujjatlari talablariga mos ekanligi tekshirilmoqda.
Shuningdek, hujjatlarning saqlanish sharoiti va murojaatchilarni qabul qilish tartibi ham oʻrganilmoqda.