Еngil sanoat mahsulotlarini halqaro standartlar talablari asosida sinovlarini amalga oshirish yo'lga qo'yildi

Bosh sahifa / Xabarlar / Еngil sanoat mahsulotlarini halqaro standartlar talablari asosida sinovlarini amalga oshirish yo'lga qo'yildi

   Ishlab chiqaruvchi korhonalar va tadbirkorlik sub'ektlariga qulayliklar yaratish maqsadida, hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 19 oktyabrdagi “2020 yilgacha bo'lgan davrda milliy infratuzilmalar sifatini rivojlantirish dasturini tasdiqlash to'grisida” gi 298-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, qo'shma korhonaning engil sanoat mahsulotlarini sinash laboratoriyasi 2016 yilning 5 fevralida halqaro akkreditasiyadan o'tkazilgan edi.

  Bu esa o'z navbatida laboratoriya tomonidan engil sanoat mahsulotlarini halqaro standartlar talablari asosida sinovlarini amalga oshirish imkonini berib, laboratoriya tomonidan rasmiylashtirilgan sinov bayonnomalari va sinov natijalari nafaqat ichki bozorda, balki jahon bozorida to'g'ridan-to'g'ri tan olinishi imkoniyatini yaratdi.

  Hususan, laboratoriyamiz tomonidan respublikamizning eng yirik to'qimachilik fabrikalari МCHJ “OQ SAROY TEKSTIL”, МCHJ “O'z fant”, МCHJ “Yousangtex” ҚК, МCHJ “BERAD TEKS”, MCHJ “Daka-Tex” korhonalarga halqaro sinov talablariga muvofiq, sinov ishlari o'tkazildi. Bu esa ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar Qozog'iston, Hitoy, Turkiya va Rossiya kabi davlatlarga eksport qilinishiga yordam beradi.

  Bu esa eksport qilinayotgan mahsulotlarimizni jahon bozorlarida o'z o'rnini topishda hamda “O'zbekistonda ishlab chiqarilgan” brendi nomi yanada mashhur bo'lishiga olib keladi.

қўшилган сана: 20-01-2017