Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari mustaqilligini ta’minlash hamda faoliyatini samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida davra suxbati

Bosh sahifa / Xabarlar / Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari mustaqilligini ta’minlash hamda faoliyatini samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida davra suxbati

    Yakkasaroy tuman prokurori va tuman prokuraturasi ishtirokida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.04.2025 yilgi «Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari mustaqilligini ta’minlash hamda faoliyatini samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ 147 sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida «O‘zbek Turk test markazi» MChJ shaklidagi qo‘shma korxona xodimlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat milliy dasturi yuzasidan suhbat o‘tkazildi.

   Suhbat jarayonida «O‘zbek Turk test markazi» MChJ shaklidagi qo‘shma korxonasining bosh direktori M. A. Xamzaev va Yakkasaroy tuman prokurori yordamchisi B. Sultanmuradov so‘zga chiqib, korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan ma’ruzalar qilishdi. Qo‘shma korxona xodimlarining qiziqishlari yuzasidan tushgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan javob berildi.

     Binobarin, qo‘shma korxona xodimlari ish joylari va ish faoliyati bilan yaqqindan tanishtirildi. Shuningdek, qo‘shma korxona tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarda inson omilini kamaytirish bo‘yicha foydali masalahatlar berishdi.

    Tadbirning yakunida huquqni muhofaza qilish organlari bilan qo‘shma korxona jamoasi xodimlari orasida tez-tez uchrashuvlar o‘tkazish foydali ekanligi ta’kidlandi. Buning asosida, ananaviy uchrashuvlarni tashkil etish bo‘yicha konkret takliflar kiritildi.

қўшилган сана: 18-03-2026