Buhoro pahtasi endi ИСО 9001:2015 talablarga javob beradi

Bosh sahifa / Xabarlar / Buhoro pahtasi endi ИСО 9001:2015 talablarga javob beradi

   Pahtani qayta ishlash va pahta mahsulotlarini ishlab chiqarish O'zbekiston iqtisodiyotining eng muhim yo'nalishlaridan biri hisoblanadi va ko'p yillardan beri dunyoda pahta mahsulotlarini ishlab chiqarish bozorining etakchilaridan biri hisoblanadi.
   O'zbekistonda har yili o'tkazilayotgan pahta sanoatiga bagishlangan halqaro ko'rgazmalar va anjumanlar, chet el mamlakatlarining O'zbekiston pahta mahsulotlariga bo'lgan qiziqishlarini ortirib borishiga hizmat qilmoqda. Bunday tadbirlar kelgusida O'zbekistonda ishlab chiqarilayotgan pahta mahsulotlarini chet elga eksport qilishda chet ellik hamkorlar bilan uzviy aloqalarini mustahkamlash uchun hizmat qiladi. Eng muhimi, dunyoning yakuniy pahta mahsulotini qayta ishlovchi etakchi haridor va is'temolchi tashkilotlari bilan yangi hamkorliklarni yo'lga qo'yishga imkoniyat beradi.


   Mustaqillik yillarida, yurtimizda pahta tolalarini eksportga va ichki is'temolchilarga etkazib berishdan avval, ularni tayyorlash, qayta ishlash, sifatini aniqlash va muvofiqlik sertifikatlarini berish kabi barcha bosqichlarni o'z ichiga olgan, jahon bozori talablariga javob beradigan pahta tolasini eksport qilishning zamonaviy tizimi tashkil etildi.

   Jahon bozorida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarining raqobatbardoshligi va sifatni oshirish maqsadida, MCHJ “O'zbek-Turk Test Markazi” QK hodimlari tomonidan, Buhoro viloyatidagi

  “Buhoro pahtasanoat hududiy filiali” HAJ, Kogon “Oltin tola” AJ, “Buhoro pahta tozalash” AJ, “Qorako'l pahta tozalash” AJ, “Gijduvon pahta tozalash” AJ, “Peshku pahta tozalash” AJ, “Shofirkon pahta tozalash” AJ, “Romitan pahta tozalash” AJ, “Jondor pahta tozalash” AJ va “Olot pahta tozalash” AJlarida sifat menejmenti tizimlari muvofaqqiyatli joriy etildi va sertifikatlandi.

қўшилган сана: 06-02-2017