Oʼzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan Turk Standartlari Instituti (TSE) oʼrtasidagi hamkorlik doirasida navbatdagi xalqaro oʼquv kursi tashkil qilindi

Bosh sahifa / Xabarlar / Oʼzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan Turk Standartlari Instituti (TSE) oʼrtasidagi hamkorlik doirasida navbatdagi xalqaro oʼquv kursi tashkil qilindi

    Joriy yilning 22÷24 yanvar kunlari MChJ “Oʼzbek-Turk Test Markazi” qoʼshma korxonasida ISO/IEC 17065 va ISO 19011 “Muvofiqlikni baholash. Mahsulotlar, jarayonlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish organlariga qoʼyiladigan talablar”, hamda “Ichki audit” standartlari boʼyicha oʼquv kursi tashkil qilindi. 
      Oʼquv kursini Turk Standartlari Instituti (TSE) departamenti direktori - xalqaro ekspert auditor Mesut DURU olib bordi.
     

     Oʼquv kursida, Turk Standartlari Instituti (TSE) da “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish” jarayonlari, sifat menejmenti tizimini ishlab chiqish va ichki audit oʼtkazish tajribasi bilan tanishtirildi.

      Tashkillashtirilgan oʼquv kursida, “O'zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” DK, АJ " O'zbekekspertiza", MChJ “Tib Standart Servis”, MChJ “O’zbek-Turk Test Markazi” va boshqa koʼplab idora xodimlari ham qatnashdilar.

қўшилган сана: 24-01-2024