01
Sinov laboratoriyasi majmuasi
Kompleks sinov laboratoriyalari O‘zbekiston milliy akkreditatsiya tizimida ro‘yxatdan o‘tgan va sertifikatlash sinovlarini o‘tkazish huquqiga ega.
Akkreditatsiya guvohnomasi: O‘ZAK.SL.0121. Majmua uchta sinov laboratoriyasidan iborat bo‘lib, mahsulotlarning xususiyatlarini belgilangan metodlar asosida aniqlaydi.
To‘qimachilik mahsulotlarini sinash laboratoriyasi TURKAK tomonidan xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan. Bu laboratoriya sinov bayonnomalarining xalqaro miqyosda tan olinishiga xizmat qiladi.
- Uchta ixtisoslashgan laboratoriya
- TURKAK xalqaro akkreditatsiyasi
- Mustaqillik va xolislik tamoyillari

“O‘zbek-Turk Test Markazi” MChJ

