EN ISO 15189:2022 «Klinik laboratoriyalarning sifati va kompetentlikka qo‘yiladigan talablar» bo‘yicha o‘quv kursi tashkil qilindi.

Bosh sahifa / Xabarlar / EN ISO 15189:2022 «Klinik laboratoriyalarning sifati va kompetentlikka qo‘yiladigan talablar» bo‘yicha o‘quv kursi tashkil qilindi.

       Joriy yilning 23, 24 va 25 noyabr kunlari O‘zbek-Turk Test Markazi" qo‘shma korxonasida EN ISO 15189:2022 «Klinik laboratoriyalarning sifati va kompetentlikka qo‘yiladigan talablar» bo‘yicha o‘quv kursi tashkil qilindi.

      O‘quv kursini Turkiya akkreditatsiya organining (TURKAK) xalqaro eksperti ILHAN AYDIN tomonidan olib borildi.

EN ISO 15189:2022 xalqaro standarti tibbiy laboratoriyalar ishini tartibga soladi va quyidagi asosiy talablarni o‘z ichiga oladi:

Tegishli tahlil usullardan foydalanish;
Tahlil qilinadigan materiallar bilan o‘zaro ta’sir qilish, tashish va saqlash vaqtida ularning yaxlitligi va xavfsizliligini ta’minlash;
Laboratoriya faoliyatini olib borish uchun shart-sharoitning mavjudligi;
Ishlash vaqtida kalibrlangan sinov vositalaridan foydalanish;
Tibbiy labratoriyalarning barqaror ishlashishini ta’minlash uchun hujjatlarning o‘z vaqtida yuritilishi;
Faoliyatini amalga oshirish uchun yetarli miqdorda ichki va tashqi resurslar mavjudligi;
Tegishli vakolatlarga ega va malakali xodimlarningmavjuligi;

Bundan tashqari, tibbiy laboratoriyalardan axloqiy me’yorlarga rioya qilishni, maxfilikni ta’minlashni va belgilangan muddatlarda ishni bajarilishini talab qiladi.


 

O‘quv kursida «Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, “O‘zbekiston akkreditatsiya markazi” DK va boshqa idora xodimlari xam qatnashdilar.

қўшилган сана: 25-11-2023