“O'zstandart” agentligi Bosh direktori “Turk standartlari instituti” Bosh kotibi o'rinbosarini qabul qildi

Bosh sahifa / Xabarlar / “O'zstandart” agentligi Bosh direktori “Turk standartlari instituti” Bosh kotibi o'rinbosarini qabul qildi

   2017 yil 16 martda “O'zstandart” agentligi Bosh direktori “Turk standartlari instituti” Bosh kotibi o'rinbosarini qabul qildi. Tomonlar “O'zstandart” agentligi va “Turk standartlar instituti” o'rtasida 2003 yil 4 martda imzolangan hamkorlik kelishuviga asosan munosabatlarni mustahkamlashni muhokama qilishdi. Joriy yilning avgust oyida standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasida O'zbekiston va Turkiya o'rtasidagi  hamkorlikning 25 yilligi nishonlanadi. Shu bilan birga, tomonlar “O'zbek-Turk Test Markazi” qo'shma korhonasi faoliyatini yanada rivojlantirish to'grisida fikr almashdilar.
   “O'zbek-Turk Test Markazi” qo'shma korhonasi 2003 yil to'qimachilik mahsulotlarini muvofiqligini baholash maqsadida tashkil etilgan. Bugungi kunga kelib, “O'zbek-Turk Test Markazi”  qo'shma korhonasi muvofiqlikni  baholash sohasida elektr tehnikasi, charm va poyabzal, mashinasozlik mahsulotlari va menejment tizimini sertifikatlash yo'nalishi bo'yicha hizmat ko'rsatish ko'lamini kengaytirdi.
   “O'zbek-Turk Test Markazi” qo'shma korhonasi sertifikatlashtirish idorasi va sinov laboratoriyasi Uzbekiston Respublikasining Milliy akkreditaciyalash idorasi tomonidan to'qimachilik, charm va poyabzal, elektr va mashinasozlik mahsulotlarini sinovi va sertifikatlashtirish hamda sifat menejment tizimini sertifikatlashtirish ishlarini amalga oshirish bo'yicha akkreditlangan. 


   

   Shuningdek, to'qimachilik mahsulotlari sinov laboratoriyasi va sifat menejment tizimini sertifikatlashtirish idorasi halqaro Turkiya akkreditlash agentligi (TURK AK) (akkreditaciya guvohnomasi № AV-1054-T va № AV-0115-YS) tomonidan akkreditlangan. 2016 yilda sifat menejment tizimini sertifikatlashtirish idorasi tomonidan Respublikadagi 28 ta korhona ISO 9001 standarti talablariga muvofiq sertifikatlandi, sinov laboratoriyasi tomonidan 37 ta sinov bayonnomasi rasmiylaytirildi.
   “O'zbek-Turk Test Markazi”  qo'shma korhonasini rivojlantirish maqsadida, elektr mahsulotlarini sinash laboratoriyasini akkreditaciya doirasini elektr mahsulotlarning energiya samaradorlik ko'rsatkichini aniqlashga kengaytirish uchun kerakli jihozlarni sotib olish masalalarini kelishib oldilar.

қўшилган сана: 04-04-2017