“O'zstandart” agentligi Bosh direktori A.Karimov Turk Standartlari Instituti prezidenti Sebaxitdin Korkmaz bilan uchrashdi.

Bosh sahifa / Xabarlar / “O'zstandart” agentligi Bosh direktori A.Karimov Turk Standartlari Instituti prezidenti Sebaxitdin Korkmaz bilan uchrashdi.

    Joriy yilning 19 fevral kuni “O'zstandart” agentligi bosh direktori A.O'.Karimovning taklifiga asosan Turk Standartlari Instituti (TSE) prezidenti Sebaxitdin Korkmaz O'zbekistonimizga tashrif buyurdi.

   Samimiy va manfaatli uchrashuvda “O'zstandart” agentligi Bosh direktori A.Karimov Turk Standartlari Instituti (TSE) bilan har ikki tomon uchun foydali bo'lgan hamkorlik ishlarini yanada kengaytirishdan mamnun ekanligini bildirdi.

   Xossatan “O'zstandart” agentligi xodimlarini Turkiyada o'qitish va O'zbekiston hududida yangi qo'shma laboratoriyalarni ochish maqsadli ekanligi e'tirof qilindi.

   Shu bilan bir qatorda “O'zstandart” agentligi Bosh direktori tibbiyot laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish muhimligi, ushbu akkreditatsiya O'zbekistonda tibbiyot uskunalarini sinovini amalga oshirish imkoni berishi, bu 2018 yil dekabrda kuchga kirgan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni ijrosida aks etganligini aytib o'tdi.

    Turk Standartlari Instituti (TSE) rahbari kelgusi haftada ushbu masalani Institut kengashida muhokama qilishi va Instututning IKAS (TSE ning muvofiqlikni baholash bo'limi) mutaxassislarini O'zbekistonga jo'natish bo'yicha qaror qabul qilishini aytib o'tdi.

    Shu bilan bir qatorda, uchrashuv chog'ida, “O'zstandart” agentligida soha xodimlari va iqtidorli talabalar ishtirokida bir necha xil sinovlarni o'tkaza oladigan Kempus barpo etish rejalashtirilayotganligi, Kempusda bir necha sertifikatlashtirish idoralari mavjud bo'lishi, bu esa ichki bozorni sifatsiz mahsulotlardan himoya qilish va tashqi bozorga sifatli mahsulotlarni eksport qilish imkoniyatini berishi tushintirib o'tildi. Suhbat jarayonida, Turk Standartlari Instituti (TSE) rahbari ushbu Kempusda ochilishi rejalashtirilayotgan sinov laboratoriyalarining ro'yxatini tuzishni so'radi.

   “O'zstandart” agentligi bosh direktori A.O'.Karimovning taklifiga asosan, tomonlar "Kampus" qurulishi ishlarini samarali olib borish uchun soxa ekspertlari ishtirokida ishchi guruxi tuzishga kelishib oldilar.

   Uchrashuv yakunida Turk Standartlari Instituti (TSE) prezidenti Sebaxitdin Korkmaz kelgusidagi vazifalarni samaralari amalga oshirish uchun, ikki tashkilot bir tanu-bir jon bo'lib harakat qilishlari, o'ziga xos tarzda hamkorlik tizimi qabul qilishi va ushbu istiqbolli dastur orqali Kempus qurilishini amalga oshirish uchun kerakli moliyaviy resurslarini topish imkoni yaratilishini ta'kidladi.

   Uchrashuv so'ngida “O'zstandart” agentligi Bosh direktori Sebaxitdin Korkmazga estalik sovg'asini topshirdi.

қўшилган сана: 20-02-2018